» » Sherzodxon Qudratxo‘jayev: 15-sentabrdan boshlab Xalqaro press klub qaytadan jonli efirda uzatiladi

Sherzodxon Qudratxo‘jayev: 15-sentabrdan boshlab Xalqaro press klub qaytadan jonli efirda uzatiladi


“Daryo” muxbiri Xalqaro press klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev bilan bog‘lanib jonli efir yuzasidan yurgan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

“15-sentabrdan boshlab Xalqaro press klubning sessiyalari qaytadan jonli efirda uzatiladi. Ertaga MTRK Media-markazida soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish vakillari bilan navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tadi”, — dedi Sherzodxon Qudratxo‘jayev.

Avvalroq, Xalqaro press klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev “Daryo” internet-nashriga bergan intervyusida “to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqish texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtatilgani”ni ma’lum qilgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют