» » Google dunyodagi eng yupqa xrombuk — Pixelbook’ni taqdim etdi

Google dunyodagi eng yupqa xrombuk — Pixelbook’ni taqdim etdi


Google korporatsiyasi taqdimotida ham noutbuk, ham planshet sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan “dunyodagi eng yupqa” xrombuk taqdim etildi. Qurilma sensorli ekran hamda Pixebook Pen stilusiga ega, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Gadjetning qalinligi 10 millimet bo‘lib, uning og‘irligi 1 kilogrammga teng.

“Bu planshet sifatida foydalanishda qulay bo‘lgan birinchi almashuvchan noutbukdir”, — deydi kompaniya vakili.

Xrombuk ekranining diagonali Quad HD LCD disleyi bilan 12,3 dyuymni tashkil etadi.

Qurilma Core i5 va i7 protsessorlariga asoslangan bo‘lib, 16 Gb tezkor xotiraga va 512 Gb ichki xotiraga ega.

Ishlab chiqqaruvchining ta’kidlashicha, Pixelbook bir marta quvvat olgan holda 10 soat ishlay oladi. 10 daqiqa quvvatlantirishda ham qurilma ancha vaqtga qadar ishlashi mumkin.

Gadjetning narxi AQSh hududida 999 dollarni tashkil etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-10-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют