» » Polshada kuchli shamol oqibatida 840 ming iste’molchi elektr quvvatidan uzilib qoldi

Polshada kuchli shamol oqibatida 840 ming iste’molchi elektr quvvatidan uzilib qoldi


Polshada kuzatilayotgan kuchli shamol ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 39 kishi jabr ko‘rgan, 840 ming iste’molchi esa elektr quvvatidan uzilib qolgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Kuchli shamol mamlakatda 5-oktabr, payshanba kuni kechqurun boshlanib, juma kuni tunda davom etgan.

Hukumat xavfsizlik markazidan ma’lum qilishlaricha, Lyubusk viloyatida 67 yoshli erkak bino tomidan yiqilib tushgan va halok bo‘lgan. Boshqa hududda esa ayol kishining ustiga daraxt qulagan, u kasalxonada vafot etgan.

Qutqaruvchilar noqulay ob-havo oqibatida kelib tushgan chaqiruvlar bo‘yicha 10 ming martaga yaqin fuqarolarning uylariga borishga majbur bo‘lgan.

Qutqaruvchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon oqibatida 840 ming nafar kishi elektr tarmog‘idan uzilib qolgan. Hukumat xavfsizlik markazining ma’lumotlariga ko‘ra, eng og‘ir vaziyat 270 mingta xo‘jalik elektr tarmog‘idan uzilib qolgan Lyubusk viloyatida kuzatilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют