» » Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Checheniston rahbari O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda otasi Ahmad hoji Qodirov tahsil olgan islom sivilizatsiyasining tarixiy markazlarini ziyorat qilish maqsadida O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, u ko‘p millatli o‘zbek xalqiga chuqur ehtiromini bildirib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish borasida olib borayotgan siyosati va xalqaro tashabbuslariga yuksak baho berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют