» » Ukraina Oliy Radasi oldidagi namoyishchilar politsiya bilan mushtlashdi

Ukraina Oliy Radasi oldidagi namoyishchilar politsiya bilan mushtlashdi


Ukraina Oliy Radasi binosi yaqinida politsiya xodimlari va norozilik namoyishi ishtirokchilari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Mushtlashuv namoyish ishtirokchilari parlament binosi oldiga chodirlar o‘rnatishga uringan vaqtda yuz bergan. Ukraina IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir politsiyachi jabrlangan.

Politsiya hisob-kitobiga ko‘ra, Ukraina parlamenti binosi oldidagi namoyishda olti mingga yaqin odam qatnashmoqda. Ular deputatlar daxlsizligini bekor qilishni, saylov qonunchiligini o‘zgartirishni va aksilkorrupsiyaviy sud ta’sis etishni talab qilmoqda.

Mitingda Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili ham chiqish qildi. U Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko iste’fosini talab qildi va kiyevliklarni “ishdan so‘ng namoyishchilar safiga qo‘shilishga” chaqirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-10-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 1) ( 32) ( 2)
Юзеры:
Роботы:
Последние 20 посетителей...