» » Ukrainada deputatlar daxlsizligini bekor qilish jarayoni boshlandi

Ukrainada deputatlar daxlsizligini bekor qilish jarayoni boshlandi


Ukraina Oliy Radasi ko‘pchilik ovoz bilan Konstitutsion sudga deputatlar daxsizligini bekor qilish to‘g‘risidagi ikki qonun loyihasini yuborishga qaror berdi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.

Qonunlar ko‘rib chiqilishi uchun Konstitutsion sud hukmi talab etiladi, negaki ular konstitutsiyaga o‘zgartish kiritilishini nazarda tutadi.

Qonun loyihalariga ko‘ra, konstitutsiyadan Oliy Rada deputatlari jinoiy javobgarlikka tortilmasligi, parlament sanksiyasisiz hibsga olinmasligi ko‘zda tutilgan me’yor olib tashlanadi.

Qonun loyihalaridan birini Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko kiritdi. U deputatlar daxlsizligini 2020-yildan e’tiboran bekor qilishni ko‘zda tutmoqda. Ikkinchi loyihani deputatlar ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, daxlsizlik 2018-yildan bekor qilinadi.

17-oktabr kuni muxolif siyosatchi Mixail Saakashvili boshchiligidagi “Yangi kuchlar ruhi” faollari korrupsiyaga qarshi miting boshlagani xabar qilingan edi. Namoyishchilar deputat daxlsizligini bekor qilishni, korrupsiyaga qarshi sud tashkil etishni hamda saylov qonunchiligiga o‘zgartishlar kiritilishini talab qilmoqda.

Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘lladi. Jabrlanuvchilar orasida Oliy Rada deputati Yegor Sobolev bor. Ukraina IIV besh kishi jarohat olganini xabar qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-10-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют