» » Bug‘u noqonuniy ravishda Litva va Belarus chegarasini kesib o‘tdi (video)

Bug‘u noqonuniy ravishda Litva va Belarus chegarasini kesib o‘tdi (video)


Belarus chegarachilari Litva bilan davlat chegarasini kesib o‘tgan bug‘uni tasvirga oldi. Hayvonni navbatchi integrallashgan qo‘riqlash tizimi orqali tasvirga olgan. Chegara xizmatidan ma’lum qilinishicha, ana shunday holatlarda hayvonlar o‘tishi uchun mo‘ljallangan maxsus joylar bor, biroq bug‘u ularni bilmagani sababli chegara to‘sig‘idan sakrab o‘tgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

“O‘rmon qiroli tez-tez shoshilinch ravishda qo‘shni mamlakat hududiga o‘tadi. “Hujjatsiz qoidabuzar” yaqin hududda joylashgan Viliya daryosidan suv ichish uchun yo‘lga chiqqan bo‘lishi mumkin. Aynan shu daryo orqali bu hududda Belarus va Litva o‘rtasidagi chegara o‘tgan”, — deyiladi Belarus chegara qo‘mitasining bayonotida.

Chegarachilarning tushuntirishicha, qo‘riqlash tizimining sun’iy intellekti “xatosiz ishladi” va halokat signalini bermadi, chunki qoidabuzar odam emas, balki hayvon edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют