» » Peterburglik erkak kirakashlik qilib yurgan O‘zbekiston fuqarosining peshonasiga o‘q uzdi

Peterburglik erkak kirakashlik qilib yurgan O‘zbekiston fuqarosining peshonasiga o‘q uzdi


Sankt-Peterburgda taksi yo‘lovchisi haydovchining peshonasiga o‘q uzdi. O‘q taksi haydovchisi bo‘lgan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosining boshini teshib o‘tdi, deb xabar beradi “UralInformByuro”.

Voqea 25-oktabr kuni ro‘y berdi. Kirakash ikki mahalliy yigitni manziliga eltib qo‘ydi. Mashina to‘xtaganida, haydovchi qarsillagan ovoz eshitdi va boshida og‘riq sezdi. Shundan so‘ng u mashinani tark etdi. Jabrlanuvchiga voqea ro‘y bergan “Pyatirechye” bog‘dorchilik xo‘jaligi qorovuli yordam berdi.

Yigit 26-sonli shahar shifoxonasida operatsiya qilindi. O‘q yigitning gardanidan kirib, chap chakkasidan chiqib ketgani aniqlandi.

Keyinroq huquq-tartibot idoralari xodimlari “Luch” bog‘dorchilik xo‘jaligi hududida ariq bo‘yida tashlab ketilgan mashinani topib, uning ichida qon izlarini qayd qildi. Salonda ikki rezinali o‘q va to‘rt gilza topildi.

Sog‘liqqa qasddan og‘ir zarar yetkazish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni paytda taksi chaqirgan erkak qidirilmoqda. Ilgari u odamni urib ketishda ayblanib javobgarlikka tortilgani ma’lum.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют