» » Nasaf Qarshida Paxtakorni yirik hisobda yengib, Chempionlar Ligasiga yol oldi. Toshkent grandi arosatda qoldi

Nasaf Qarshida Paxtakorni yirik hisobda yengib, Chempionlar Ligasiga yol oldi. Toshkent grandi arosatda qoldi


Ozbekiston Oliy Ligasining 29-turidan joy olgan markaziy oyinda Nasaf Toshkentning Paxtakor klubini yirik hisobda taslim qildi 4:0. Shu tariqa Roziqul Berdiyev shogirdlari mavsumni vitse-chempion sifatida yakunlaydigan boldi. Chempionlik esa qatorasiga ikkinchi bor Lokomotivga nasib qildi.

Tomonlarning Toshkentda kechgan 1-davra oyinida paxtakorchilar 2:1 hisobida zafar quchgandi. Agar Qarshida ham bu holat takrorlansa, Paxtakor ozaro oyinlardagi ustunlikka erishib, 2-orinni naqd qilishi mumkin edi. Boisi, Nasafga qarshi bellashuv Paxtakor uchun mavsumdagi songgisi boldi. Shota Arveladze shogirdlari Obod ligadan chetlashtirilgani uchun, 30-turda dam oladi.

Qarshidagi bellashuv Osiyo Chempionlar Ligasiga yollanma berishi bilan ahamiyatli edi. OFK Ozbekiston uchun 1+2 kvotasini ajratgan bolib, guruh bosqichiga yollanma beruvchi yagona chiptani mamlakat chempioni sifatida Lokomotiv yutib oldi. Nasaf esa saralashda oynash imkoniyatini taqdim etuvchi ikki chiptadan biriga ega chiqdi.

Bu Nasafning ketma-ket 11-galabasi boldi. Berdiyev jamoasi songgi bor 18-avgust kuni Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Bunyodkordan oz maydonida yengilgandi 0:1. Shundan keyin Nasaf 11 ta uchrashuvda zafar quchdi va ularning 10 tasida darvozasidan gol otkazmadi.

2017-yil hisobidan Nasaf va Paxtakor klublari ozaro tort bor toqnash keldi va shularning 3 tasida Roziqul Berdiyev jamoasi zafar quchdi. Chempionatdan tashqari Ozbekiston Kubogining chorak finalida Qarshi klubi Toshkent grandini ikki bor maglub etgandi 3:0 va 1:0.

1-davradan keyin Shota Arveladze boshqaruvidagi Paxtakor Nasafning ikki yetakchi futbolchisi darvozabon Eldor Suyunov hamda himoyachi Sherzod Azamovni xarid qilgandi. Roziqul Berdiyev ularga orinbosar topa oldi. Masalan, darvozabon Sanjar Quvvatovning statistikasi avvalgi posbon Eldor Suyunovnikidan yaxshiroq boldi. Paxtakor esa 2-davrada ham Aleksandr Lobanov bilan oynashda davom etdi va mavsumni yirik maglubiyat bilan tugatdi.

Ozbekiston Oliy Ligasi

29-tur bellashuvlari

19-noyabr, yakshanba

Gollar: Bobur Abduxoliqov, 43 (1:0). Dragan Cheran, 60-pen (2:0). Bahrom Abdurahimov, 77 (3:0). Dragan Cheran, 90 (4:0).

: admin (19-11-2017, 16:00)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -