» » Buxoro – Miskin temir yo‘li qurilishining birinchi bosqichi yakuniga yetdi

Buxoro – Miskin temir yo‘li qurilishining birinchi bosqichi yakuniga yetdi


Buxoro – Miskin temir yo‘li qurilishining birinchi bosqichi yakuniga yetdi. 1-dekabr kuni yangi temir yo‘lni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Inshootni o‘z muddatida foydanishga topshirish uchun 1500 dan ortiq ishchi-xizmatchi, yo‘l qurilishi bilan bog‘liq soha mutaxassislari, 1000 dan oshiq mexanizm jalb etildi. Qurilish-montaj jarayonlari Buxoro tumanidan Miskin bekatigacha bo‘lgan oraliqda, bir vaktning o‘zida har ikki tomonda olib borildi.

“Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilgan yangi temir yo‘lning umumiy uzunligi 355 kilometrni tashkil etadi. Ayni paytda 335 kilometrga po‘lat izlar yotqizildi, 20 kilometrda to‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda 121 ta sun’iy inshoot, 12 ta ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgich qurib bitkazildi. 5 ta bekat va shuncha razyezd barpo etildi.

Dastlab mazkur temir yo‘l orqali yuk poyezdlari qatnovi amalga oshiriladi. Bu esa ushbu hududdagi qazilma boyliklarni o‘zlashtirish, ulardan samarali foydalanish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochishga zamin yaratadi. Shu kunga qadar poytaxtdan Urganchga qatnovchi poyezdlar 1064 kilometr yo‘l bosib, “Navoiy — Uchquduq — Miskin” magistrali orqali harakatlanayotgan bo‘lsa, ushbu loyiha yakuniga yetishi bilan poyezdlar qatnovi qariyb 100 kilometrga yaqin qisqardi.

Ayni paytda mamlakat temir yo‘llarining umumiy uzunligi 6500 kilometrdan ortiq bo‘lsa, Buxoro — Miskin temir yo‘li foydalanishga topshirilgandan so‘ng bu ko‘rsatkich salkam 7000 kilometrga yetadi. Ushbu temir yo‘lning ikkinchi bosqichida elektrlashtirish ishlari amalga oshirilib, kelgusida u orqali elektrpoyezdlar qatnovi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют