» » Respublika birjasi paxta tolasini eksport qilishni boshladi

Respublika birjasi paxta tolasini eksport qilishni boshladi


Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali fevral oyidan boshlab paxta tolasi eksportga sotila boshlandi. Bu haqda birja matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugungi kunda birja savdolari orqali “O‘zpaxtasanoat” AJ paxta tolasini eksport qilish uchun 1 tonnali lot bilan 40 ta standartlashtirilgan birja shartnomalari ochilgan. Birja tovarini yetkazib berish sharti FCA — O‘zbekiston hududidagi ixtisoslashgan paxta terminallari.

O‘tgan vaqt mobaynida umumiy summasi 8,2 mln dollarlik 4,6 ming tonnadan ortiq paxta tolasi eksportga sotildi. Paxta tolasi uchun o‘rtacha kotirovka 1770,3 dollarni tashkil etdi.

Jumladan, “Oliy” klassning birinchi navli paxta tolasi uchun birja narxi bir tonnasi uchun 1939,2 dollar, “Yaxshi” klassning uchinchi navli paxta tolasi uchun narx bir tonnasi uchun 1744,9 dollarni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan paxta tolasi eksportga xorijiy valyutada norezidentlarga birja savdolari orqali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar bo‘yicha sotiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют