» » Mart oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 1,1 foizni tashkil etdi

Mart oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 1,1 foizni tashkil etdi


Joriy yilning mart oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 1,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqidagi hisobotida aytildi.

Aytilishicha, oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 1,3 foizga qimmatlashgan, bu, o‘z navbatida, iste’mol narxlari indeksining (INIning) umumiy o‘sishiga 0,6 foiz darajada (f.d.) ta’sir ko‘rsatgan.

Suyaksiz (lahm) mol go‘shti hisobot davrida 2,9 foiz, baliq 2,6 foiz, qiyma go‘sht 2,0 foiz, mol go‘shti (suyaksiz (lahm) go‘shtdan tashqari) — 0,9 foiz hamda qo‘y go‘shti narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshdi. Tovuq go‘shti va tovuq son go‘shti, shuningdek, boshqa parranda go‘shti narxi esa aksincha mos ravishda 0,7 foiz va 1,5 foizga arzonlagan.

Sut mahsulotlari narxi o‘rtacha 1,7 foizga qimmatlashib, bu esa qaymoq — 3,0 foiz, suzma — 2,6 foiz, qatiq va chuchuk qatiq — 1,6 foiz hamda sutning narxi — 1,5 foizga oshganligi natijasida sodir bo‘ldi.

Oziq-ovqat guruhi tarkibidagi guruch, o‘simlik yog‘i, shakar va tuxum kabi mahsulotlar narxining arzonlashganligi natijasida iste’mol tovarlari guruhidagi ijobiy vaziyat, ya’ni indekslarning pasayish holati kuzatildi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foizga o‘sdi, bu esa INIning umumiy o‘sishiga 0,4 foiz darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Shuningdek, aholi uchun xizmatlar oyda o‘rtacha 0,5 foizga ko‘tarildi. Bu esa INI umumiy o‘sishiga 0,1 foiz darajada ta’sir o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют