» » Ozbekistonda Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi tashkil etildi

Ozbekistonda Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi tashkil etildi


Ozbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq,Ozbekiston fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi tashkil etildi.

Quyidagilar Jamgarma mablaglarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgarmasidan va Bandlikka komaklashish davlat jamgarmasidan tegishlicha 350 milliard som hamda 150 milliard som miqdorida ajratiladigan bir martalik begaraz moliyaviy yordam;

auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi;

Jamgarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;

Jamgarmaning daromadlari, shu jumladan, mablaglarni depozit hisobraqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

Jamgarma mablaglari quyidagilar uchun foydalaniladi:

fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun Mikrokreditbank ATB, Agrobank ATB hamda Ozbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish;

tijorat banklari orqali Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda Tomorqa xizmati MChJ, qishloq xojaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xojaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish;

Jamgarmani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taminlash;

aylanma mablaglarga muhtoj bolgan Tomorqa xizmati MChJlarning ustav fondini 25 foizdan kam bolmagan miqdorda shakllantirish;

fermer, dehqon xojaliklariga va tomorqa yerlarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bogliq boshqa yonalishlar.

Jamgarma mablaglari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi.

Mablaglarni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi Jamgarma daromadlari Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan taminlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy ragbatlantirish uchun yonaltiriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-04-2018, 09:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -