» » Knauf Buxoro viloyatida gipsokarton ishlab chiqaruvchi yangi liniyani ishga tushirdi

Knauf Buxoro viloyatida gipsokarton ishlab chiqaruvchi yangi liniyani ishga tushirdi


16-may kuni Buxoro viloyatida Knauf Gips Bukhara korxonasi rekonstruksiya qilinganidan so‘ng, Knauf gipsokarton mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan rasmiy liniyaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya vakillariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Knauf hamkorlik xalqaro guruhi boshqaruvchisi Manfred Grundke va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld ishtirok etdi.

Rekonstruksiyadan keyin liniya quvvati 30 foizga o‘sgan, bu esa Knauf gipsokartonlarini 30 million metr kvadratdan ortiq ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Loyihaga tikilgan mablag‘ qiymati 16 million yevrodan ortiq. Atigi 20 yil ichida Knauf kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyati davomida Buxoroda ikkita korxonaga 75 million dollarlik sarmoya kiritdi.

Kutilganidek, Buxoro viloyatida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini va O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, Knauf Gips Bukhara MChJ 2011-yildan beri gipsokarton ishlab chiqaradi. Korxona mahsulotlari O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar bozorlariga yetkazib beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют