» » Eski elektr hisoblagichlarni qiyoslashdan otkazish uchun istemolchi haq tolamasligi belgilab qoyildi

Eski elektr hisoblagichlarni qiyoslashdan otkazish uchun istemolchi haq tolamasligi belgilab qoyildi


Maishiy istemolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan otkazish tartibi togrisidagi Nizomga tegishli ozgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar berdi.

2018-yil yanvar oyida yangi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari qabul qilingan edi. Unda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan faqat zamonaviy hisobga olish priborlari, yani elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) integratsiya qilingan priborlar qiyoslashdan otkazilishi aytilgan. Bundanzamonaviy talablarga javob bermaydigan hisobga olish priborlarini qiyoslashdan otkazish uchun tolovni istemolchi (mulkdor) mustaqil ravishda amalga oshirishi kelib chiqqan edi.

Qabul qilingan hujjat vaziyatni ozgartirdi. Endi har qanday hisobga olish priborini davriy va rejadan tashqari qiyoslashdan otkazish hududiy elektr tarmoqlari korxonalari hisobidan amalga oshirilishi togridan-togri korsatilgan. Buning uchun istemolchi tolovni amalga oshirishi aytilgan barcha normalar Nizomdan chiqarib tashlandi.

Faqat priborga istemolchi aybi bilan shikast yetkazilgan taqdirda tolovni amalga oshirishga togri keladi.

Bundan tashqari, avval qabul qilingan qarorlarga muvofiq EHNATni joriy etish doirasida ornatilgan hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan otkazish 10 yilni tashkil etishi aytib otilgan. Boshqa priborlarni qiyoslashdan otkazish, ilgarigidek, 4 yilni tashkil etadi.

Elektr tarmoqlarining vakolatli xodimi Majburiy ijro byurosi vakili ishtirokida hisobga olish priborini qiyoslashdan otkazish uchun yechib oladi. Bunda hisoblagich va plombalarning butligi tekshiriladi va bu haqda 4 nusxada dalolatnoma tuziladi (bir nusxadan istemolchiga, hududiy elektr tarmoqlariga, Majburiy ijro byurosiga va metrologiya xizmatiga takdim etiladi).

Hisoblagich qayta ornatilganda esa 3 nusxada dalolatnoma tuziladi, qoshimcha ravishda istemolchiga hisobga olish priborining qiyoslashdan otganligi haqidagi sertifikatning asl nusxasi beriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-07-2018, 15:12)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -