» » O‘zbekistonda 18 turdagi hayvonlarning zararli kasalliklariga qarshi dori vositalarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 18 turdagi hayvonlarning zararli kasalliklariga qarshi dori vositalarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi


Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Qaror bilan 2018—2023-yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi, deb yozadi O‘zA.

Adliya vazirligi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, dasturda, xususan O‘zbekistonda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va jadal rivojlantirish, bozorda barqaror talabga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va ularning turlarini kengaytirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari 2021—2023-yillarda respublikada brutsellyoz, leptospiroz, quturish, sil, salmanellyoz kabi jami 18 turdagi hayvonlar zararli kasalliklariga qarshi veterinariya dori vositalarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi.

Shu munosabat bilan hokimliklarga veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va keyinchalik tovarlarni ichki hamda tashqi bozorlarga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют