» » O‘zbekistonda xalqaro darajadagi birinchi tog‘-chang‘i kurorti 2018-yil dekabrida ochiladi

O‘zbekistonda xalqaro darajadagi birinchi tog‘-chang‘i kurorti 2018-yil dekabrida ochiladi


O‘zbekistonda xalqaro darajadagi birinchi tog‘-chang‘i kurorti 2018-yilning dekabr oyida ochiladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak Amirsoy tog‘-chang‘i kurorti Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qariyb 900 gektar maydonni egallaydi.

Loyihada umumiy uzunligi 21,3 kilometrni tashkil qiluvchi turli murakkablikdagi qorli chang‘i trassalari, yettita arqonli yo‘l, snoubord xiyoboni, sport maktabi, turar joylar va boshqa kurort infratuzilmasi obyektlarini qurish rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 100 million yevrodan ortiqni tashkil qiladi.

Foydalanishga topshirilishi joriy yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan loyihaning birinchi bosqichi o‘z ichiga uzunligi uch kilometrdan ortiq ikkita arqonli yo‘l, umumiy uzunligi 12,3 kilometrni tashkil qiluvchi turli murakkablikdagi 13 ta trassa qurilishini oladi.

Shu bilan birga, dekabr oyiga qadar ikkita sun’iy ko‘l, vertolyot maydonchasi, sun’iy qor hosil qilish tizimi, qishki tyubing, 21 ta inshootdan iborat shaharcha, ikkita restoran, instruktorlik maktabi, chang‘i jihozlarini ijaraga beruvchi punktni o‘zichiga oladigan ko‘p vazifali markaz va boshqa muhandislik-kommunkatsiya inshootlarti qurib bitkazilishi kerak.

Shuningdek, qor suruvchi texnikalar sotib olingan va ular yetkazib berish jarayonida turibdi. Bu maqsadlarga taxminan 30 million yevro yo‘naltirilgan, 300 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosarining qurilish maydoniga tashrifi chog‘ida arqonli yo‘llar ishlab chiqish bo‘yicha dunyoda yetakchi sanaladigan Avstriyaning Doppelmayer kompaniyasi texnologik yo‘lni namoyish etgan. Yo‘l kurortning eng baland nuqtasi bo‘lgan 2292 metrgacha boradi va u yerda yuqori stansiya joylashadi.

Loyihaga rahbarlik Andorraning PGI Management kompaniyasiga ishonib topshirilgan. Ikkita arqon yo‘lning sinovi joriy yilning oktabr oyiga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют