» » Adliya vazirligi Shabboz bozoridagi “samosud” hodisasini nazoratga oldi

Adliya vazirligi Shabboz bozoridagi “samosud” hodisasini nazoratga oldi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumanidagi “samosud” hodisasi Adliya vazirligi tomonidan nazoratga olingan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu kabi holatlar takrorlanmaslik maqsadida Beruniy tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yil 4-avgust kuni tuman ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Shabboz bozorida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda bozorda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar va xaridorlarga bu kabi hatti-harakatlar qonunga xilof ekanligi va javobgarlikka olib kelishi mumkinligi, sodir etilgan jinoyatlar haqida zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berish lozimligi to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shabboz bozorida o‘g‘rilikda gumonlangan shaxsni qo‘lidan osib qo‘ygan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют