» » Mnangagva Zimbabvening yangi prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi

Mnangagva Zimbabvening yangi prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi


Iyul oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Zimbabve hukmron partiyasi yetakchisi Emmerson Mnangagva mamlakatning yangi rahbari sifatida qasamyod qabul qildi. Bu haqda mahalliy Mail gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Prezidentning inauguratsiya marosimi 26-avgust, yakshanba kuni mamlakat poytaxti Xararedagi bosh stadionda bo‘lib o‘tdi. Unda Afrika mamlakatlari yetakchilari taklif qilingan mehmonlar sifatida ishtirok etdi.

Mnangagva yig‘ilganlar oldida davlat rahbari qasamyodini qabul qildi va “Zimbabvega sodiq bo‘lish, mamlakat konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga amal qilish va xalq huquqlarini himoya qilish”ga so‘z berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют