» » 3-oktabrdan Green Card lotereyasini toldirish boshlanadi: nimalarni bilish kerak?

3-oktabrdan Green Card lotereyasini toldirish boshlanadi: nimalarni bilish kerak?


Green Card 2020 lotereyasida qatnashish uchun onlayn royxatdan otish Toshkent vaqti bilan 2018-yil 3-oktabr kuni 22:00 da boshlanib, 6-noyabr 22:00 gacha davom etadi. Forum Daily yozishicha, AQSh davlat departamenti rasmiy malumotlari boyicha 2020-yilda 50 mingta grin-karta oynalmoqda.

Lotereyada qatnashish uchun ikkita asosiy shart quyidagicha:

Royxatdan otish uchun ariza toldirayotgan da talim yoki mehnat staji haqidagi hujjatlar ilova qilinmaydi, ammo ular immigratsion viza olishda intervyu chogida elchixona xodimiga korsatiladi. Agar siz talim olganingizni yoki ish stajingizni isbotlay olmasangiz, lotereyada yutib chiqqandan keyin ham anketangiz diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Barcha arizalar elektron ravishda royxatga olish davridahttp://www.dvlottery.state.govsahifasi orqali topshirilishi shart. DV lotereyasiga ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi. Barcha murojaatchilar arizalarining maqomini keyinchalik tekshirish uchun, arizalarini topshirib bolganlaridan song, oz tasdiqlov varaqlarini bosmadan chiqarib, saqlab qoyishlari shart. Murojaat etuvchilarga arizalarini topshirish uchun royxatga olish davrining songgi haftasigacha kutmaslik tavsiya etiladi. Dunyo boyicha talabning ota yuqoriligi internet sahifasi ishining sekinlashuviga olib kelishi mumkin. 2018-yil 6-noyabr soat 22:00 dan keyin birorta ham ariza qabul qilinmaydi.

Garchi koplab kompaniyalar Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar dasturiga ariza topshirish boyicha oz xizmatlarini taklif etsa ham, ularning xizmatlaridan foydalanish shaxsning lotereyada golib bolish ehtimolligini hech qaysi yol bilan oshirmaydi.

Shu sababli anketani vositachilar xizmatidan foydalanmagan holda, mustaqil toldirish tavsiya etiladi. Anketa juda oddiy, uni hatto ingliz tili darajasi past bolgan kishilar ham bemalol toldira oladi, toldirishga 20 daqiqa vaqt ketadi.

Anketani tolirishni boshlaganingizdan keyin sizda barcha malumotlarni kiritish uchun 1 soat vaqt boladi. Bu vaqtdan oshib ketsa, hammasini qaytaan boshlashga togri keladi.

Anketaga turmush ortogingiz va 21 yoshgacha bolgan farzandlaringizni kiritishingiz kerak. Er-xotin alohida holda ham anketa toldirishi mumkin.

Anketa uchun suratlar songgi 6 oy ichida olingan bolishi va hozir qanday korinishda ekanligingizni korsatishi kerak.

Anketani toldirib, Submit (Yuborish) tugmasini bosganingizdan keyin, sizga tasdiqlash raqami korsatilgan xabar keladi. Uni albatta saqlab qoying usiz grin-kartada golib bolgan-bolmaganingizni bila olmaysiz.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-09-2018, 10:42)
+1 (: 1)
(1)
Isomiddin 01:36 27-06-2019
Isomiddin Iskandarov



: Isomiddin
Isomiddin Iskandarov



: Isomiddin
Isomiddin Iskandarov



: Isomiddin
Isomiddin Iskandarov


!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -