» » Toshkent viloyatida qarzdorligi yuqori bo‘lgan iste’molchilarning aksariyati o‘ziga to‘q oilalar ekanligi bildirilmoqda

Toshkent viloyatida qarzdorligi yuqori bo‘lgan iste’molchilarning aksariyati o‘ziga to‘q oilalar ekanligi bildirilmoqda


Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan reydlar davomida to‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilar tarmoqdan uzib qo‘yilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Boshqarmaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basidan ma’lum qilishlaricha, Toshkent tumani “Sabzavot“ mahalla fuqarolar yig‘ini M.Nigmatov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Yu. xonadoni tabiiy gazdan mavjud 2 million 19 ming so‘m qarzdorligini to‘lamagani uchun tarmoqdan uzilgan. Ushbu mahallaning “Nastarin” ko‘chasida yashovchi fuqaro O‘.M.ning gazdan 2 million so‘mdan ortiq, elektr energiyasidan 1 million 700 ming so‘m qarzdorligi aniqlanib, to‘lovni amalga oshirmagani uchun tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yilgan.

Piskent tumani, “Mo‘minobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Q.ning tabiiy gazdan qarzdorligi 1 million 500 ming so‘mga yetgan. Avval MIB inspektorlari tomonidan iste’molchiga ushbu qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha talabnoma ham berilgan. Tadbirda Q.Q. ketma-ket to‘y o‘tkazgani bois qarzdorlikni to‘lay olmasligini ma’lum qilgan. Shu sababli ushbu fuqaro xonadoni ham tabiiy gaz tarmog‘idan vaqtincha uzib qo‘yildi.

Tumanda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida elektr energiyasi tarmog‘iga qonunga xilof ravishda o‘zboshimchalik bilan ulanib olish holatlari ham uchrab turibdi. Xususan, “Fayziobod” mahallasi “Istiqlol” ko‘chasidagi 66-xonadon elektr energiyasidan 2 million so‘mdan ortiq qarzdorligi uchun avgust oyida tarmoqdan uzilgan edi. Reyd davomida fuqaro A.J. o‘z xonadonini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab olgani aniqlanib, tegishli tartibda chora ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют