» » G‘ofur Rahimov AIBA prezidentligi uchun yagona nomzod bo‘lib qoldi

G‘ofur Rahimov AIBA prezidentligi uchun yagona nomzod bo‘lib qoldi


O‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidentligi uchun yagona nomzodga aylandi, deb yozmoqda Insidethegames.

Bunga sabab qozog‘istonlik ikkinchi nomzod Serik Konakboyev o‘z nomzodini qo‘llash bo‘yicha yetarlicha imzoga ega bo‘la olmagan. Bugun rasman nomzodlar ro‘yxati e’lon qilinadi. Konakboyev esa bir necha soatga kechikib, nomzodi ilgari surilishiga imkon beruvchi 20 ta davlatning qo‘llab-quvvatlovini yig‘a olmagan. Qayd etilishicha, Konakboyev mazkur masala yuzasidan arz qilishni rejalashtirmoqda.

Aavvalroq G‘ofur Rahimov va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘rtasida muammo paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi. XOQ Rahimovga nomzodini bekor qilishni tavsiya qilib, bunday bo‘lmagan taqdirda boks Olimpiya o‘yinlari dasturidan chiqarib yuborilishi mumkinligi borasida ogohlantirildi.

Ammo AIBA rahbari bu qo‘ng‘iroqlarga o‘z munosabatini bildirib, tashkilot prezidentligi uchun nomzodini ilgari surishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют