» » Mark Sukerbergdan Facebook direktorlar kengashi rahbari lavozimini tark etishni talab qilishdi

Mark Sukerbergdan Facebook direktorlar kengashi rahbari lavozimini tark etishni talab qilishdi


AQShning bir nechta davlat investitsiya fondlari Mark Sukerbergni Facebook direktorlar kengashi rahbari lavozimidan olish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda, deb yozadi “Spot”.

Nyu-York davlat xizmatchilari pensiya jamg‘armasi faoliyatini nazorat qiluvchi shahar g‘aznachisi Skott Stringer (aktivlari — 195 milliard dollar) Sukerbergning iste’fosi tarafdori bo‘lib chiqmoqda. Shuningdek, mazkur choraning zarurligiga Rod-Aylend, Illinoys va Pensilvaniya shtatlarining g‘aznachilari ham qo‘shilgan.

Stingerning bayonotida Facebook “amerikaliklar va investorlarning ishonchini tiklashi” lozimligi ta’kidlanadi. Buning uchun, g‘aznachining fikricha, kompaniya direktorlar kengashining mustaqil rahbarini tayinlash lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 20:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют