» » Moliy vaziri elektr energiyasi narxi o‘sishiga izoh berdi

Moliy vaziri elektr energiyasi narxi o‘sishiga izoh berdi


Bugun, 23-oktabr sanasida Moliya vazirligi g‘aznachiligida jurnalistlar va OAV xodimlari ishtirokida “Yoqilg‘i energetika sohasidagi islohotlar samaradorlikka erishish uchun sharoit yaratish asosida ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi narxi o‘sishi sabablarini izohladi.

“O‘zbeksitonda har yili o‘rta hisobda 64 milliard KVT/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shundan 83 foizi tabiiy gazni ishlatish orqali. Issiqlik elektrostansiyalari va issiqlik elektrotsentrallarida 1 KVT/soat elekt-energiyasining ishlab chiqarish tannarxi 193,2 so‘mni tashkil etadi, sotish narxi esa – 228,6 so‘m, qo‘shilgan qiymat solig‘ini chiqarib tashlaganda 190,5 so‘m. Demak, har bir KVT/soat elektr-energiyasini sotishdan “O‘zbekenergo” AJ 2,7 so‘m zarar ko‘radi”,— dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2018-yil 16-noyabrdan boshlab elektr energiyasi tarif narxlari oshishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi. Qarorga ko‘ra, aholi (maishiy iste’molchilar) uchun elektr energiyasi tarifi 16-noyabrdan boshlab 10 foizga oshadi va 1 kilovatt narxi 250 so‘mni tashkil etadi. 2019-yil 1-iyundan boshlab esa tarif yana 12 foizga oshib, 280 so‘mga teng bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют