» » Toshkent sport tibbiyotiga bag‘ishlangan katta xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilmoqda

Toshkent sport tibbiyotiga bag‘ishlangan katta xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilmoqda


Toshkent shahri “Sport tibbiyotining dolzarb muammo va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qilmoqda, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

8-noyabr, payshanba kuni xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbir Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan, Milliy olimpiya qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda sport tibbiyotining rivojlanishida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining o‘rni beqiyos ekanligi, mazkur konferensiya o‘zaro fikr almashish, tajriba orttirish yo‘lida o‘ziga hos axborot maydoni bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Abdushukur Sodiqov “O‘zbekistonda sport tibbiyotining kecha va buguni” mavzusida chiqish qildi. Rossiyadan tashrif buyurgan taniqli akademik, MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari sport tibbiyoti vrachlari assotsiatsiyasi prezidenti Boris Polyayev Rossiya sport tibbiyotining hozirgi zamon yutuqlari haqida gapirib berdi.

Yaponiyalik olim, 2020-yilgi Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy hay’yat a’zosi Ishida Xiroyukining “Sportda to‘satdan o‘limni oldini olish strategiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi yig‘ilganlarda katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Konferensiya davomida yana bir qator muhim mavzulardagi chiqishlar, master-klasslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiya bugun, 9-noyabr kuni o‘z ishini yakunlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют