» » Rossiyada yo‘lni belgilanmagan joyda kesib o‘tgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Rossiyada yo‘lni belgilanmagan joyda kesib o‘tgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi


Rossiyaning Biysk shahrida politsiya yo‘lning harakatlanish qismini belgilanmagan joyda kesib o‘tayotgan erkakni qo‘lga oldi. U Rossiyada noqonuniy yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

O‘zbekistonlik erkak migratsiya hisobiga turmagan va mamlakatda bo‘lish huquqiga ega bo‘lmagan. Aniqlangan qonunbuzarlik huquqiy javobgarlik va tegishli jazoni keltirib chiqarishini tushungan erkak YPX inspektoriga pora berishga uringan va bu bilan vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

Endi unga YHQ va migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikdan tashqari, jinoiy javobgarlik ham xavf solmoqda.

Mazkur modda 500 ming rublgacha jarima yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini ko‘zda tutadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют