» » Jeff Bezosning rafiqasi ajrashganidan keyin dunyoning eng boy ayoliga aylanishi mumkin

Jeff Bezosning rafiqasi ajrashganidan keyin dunyoning eng boy ayoliga aylanishi mumkin


Amerikaning Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosning rafiqasi Makkenzi Bezos ajrashgandan keyin 69 milliard dollar olishi mumkin, deb yozmoqda Sputnik Bloomberg’ga tayanib.

Shunday qilib, Makkenzi Bezos dunyodagi eng badavlat ayolga aylanishi mumkin. Hozirda dunyodagi eng badavlat ayollar ro‘yxati birinchi pog‘onasini L’Oreal kompaniyasi asoschisining nevarasi Betankur Mayers egallab kelmoqda. Uning boyligi 45,6 milliard dollarga baholanadi.

Bezoslar ajrashish haqida Twitter sahifasida ma’lum qildi. Ular mol-mulkni qanday bo‘lishlarini aytmagan. Lekin huquqshunoslar fikricha, boylik bab-baravar bo‘linadi.

Bloomberg Bezosning boyligini 137 milliard dollarga baholadi. Forbes jurnaliga ko‘ra esa, Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezosning boyligi 150 milliard dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning eng badavlat odami ajrashayotgani haqida xabar qilgandik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют