» » O‘zbekistonda yosh dasturchi qizlar tanlovi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish boshlandi

O‘zbekistonda yosh dasturchi qizlar tanlovi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish boshlandi


O‘zbekistonda Technovation Uzbekistan respublika tanlovi mentor va ishtirokchilarini ro‘yxatga olish boshlandi. Ushbu tanlov 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Technovation Challenge xalqaro tanlovining saralash bosqichi hisoblanadi, deb yozadi O‘zA.

Tanlov O‘zbekiston Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi, Toshkentdagi Inha universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Technovation Challenge xalqaro tanlovi 2010-yildan buyon dunyoning qariyb 80 mamlakatida o‘tkazib kelinmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham bor. Texnologik ishlanmalar tanlovi doirasida qizlar jamoalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonlik qizlar Technovation Challenge xalqaro tanlovida uchinchi marotaba ishtirok etmoqda. O‘tgan yili O‘zbekistonning Generation Z qizlar jamoasi kichik yosh guruhi bo‘yicha dunyoning oltita eng kuchli jamoasi qatoriga kirdi va tanlovning Kaliforniya (AQSh)da bo‘lib o‘tgan final bosqichida mamlakat sha’nini himoya qildi.

Joriy yilda jamoalar ikki guruh — 10 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan va 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan guruhlarga bo‘linadi. Ularga tajribali murabbiylar biriktiriladi va ular 3 oy mobaynida zamonaviy dasturiy mahsulotlarni dasturlash va ishlab chiqish ko‘nikmalarini o‘rganadi. Ushbu bilimlar qizlarga aniq muammoni hal etishga qaratilgan mobil ilovalarni yaratish imkonini beradi. Tanlovning respublika bosqichi yakunida ishtirokchilar o‘z biznes-rejasini tuzib, hay’at a’zolari e’tiboriga qisqa video-taqdimot hamda loyihalarini havola etadi. Respublika saralash bosqichi g‘oliblari Technovation Challenge tanlovining onlayn-rejimida o‘tkaziladigan yarim final bosqichiga yo‘llanma oladi.

Taniqli olim, dasturchi va biznesmenlardan iborat xalqaro hay’at a’zolari yuzlab ishtirokchilarning ishlari bilan tanishib, 10 nafar finalchini saralab oladi. Aynan ana shu jamoa tanlovning San-Fransisko (AQSh)da bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichida ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют