» » Rossiya zaxiralaridagi oltin miqdori bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

Rossiya zaxiralaridagi oltin miqdori bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi


Rossiya Markaziy banki 2018-yilda 274 tonna oltin xarid qildi. Bu 2017-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 22,7 foizga ko‘p, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Natijada bank xalqaro rezervlaridagi oltin miqdori 2112 tonnaga yetdi va Rossiya oltin-valyuta zaxiralarida saqlanayotgan umumiy 468,5 milliard dollarning 86,9 milliardini tashkil etdi. Shu tariqa, bank zaxiralarining 18,6 foizini oltinda saqlamoqda.

Rossiya bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketdi va zaxiralaridagi oltin miqdori bo‘yicha dunyodagi beshinchi davlatga aylandi. Birinchi to‘rtlikdan AQSh, Germaniya, Fransiya va Italiya o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют