» » Ozsanoatqurilishmateriallari uyushmasi tashkil etildi

Ozsanoatqurilishmateriallari uyushmasi tashkil etildi


Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq Ozbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari (Ozsanoatqurilishmateriallari) uyushmasi tashkil etildi.

Ozqurilishmateriallari AJning xojalik jamiyatlari ustav kapitallaridagi aksiyalari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga otkazish orqali jamiyat tugatiladi.

Ozsanoatqurilishmateriallari uyushmasining raisi va uning orinbosarlari Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi taqdimnomasi boyicha uyushma tasischilarining umumiy yigilish qarori bilan saylanadi.

2022-yil 1-yanvarga qadar korxonalarning shartnomalar boyicha Ozsanoatqurilishmateriallari uyushmasiga tolanadigan ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi boyicha soliq solinadigan bazadan chiqariladi.

2019-yil 1-apreldan boshlab noruda foydali qazilmalar mavjud bolgan yer qari uchastkasidan geologik organish uchun foydalanish huquqini beruvchi litsenziya ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan oshmagan muddatda beriladi.

2019-2021-yillarda umumiy qiymati 1,3 mlrd AQSh dollari, shu jumladan togridan-togri xorijiy investitsiyalar hisobiga 692 mln AQSh dollari miqdorida amaldagi korxonalarni texnik va texnologik yangilash hamda yangi korxonalar barpo etish boyicha 67 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

QurilishmateriallariLITI MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini Ozsanoatqurilishmateriallari uyushmasi tarkibiga kiruvchi OzqurilishmaterialLITI MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi etib qayta nomlandi.

2019-yil 1-aprelgacha Qurilish materiallari sanoatidagi investitsiya loyihalari royxati, shuningdek, ularni amalga oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-02-2019, 19:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -