» » Toshkent viloyatida yashovchi erkak sobiq xotinini o‘ldirish uchun 1500 dollarga “killer” yolladi

Toshkent viloyatida yashovchi erkak sobiq xotinini o‘ldirish uchun 1500 dollarga “killer” yolladi


Toshkent viloyatida sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish uchun 1 500 AQSh dollari va’da qilib qotillikka odam yollagan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

2019-yil 11-fevral kuni Toshkent viloyati IIBga Chirchiq shahrida yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan fuqaro B. Y ariza bilan murojaat qilib, tanishi Qibray tumanida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan D. A sobiq turmush o‘rtog‘i 1979-yilda tug‘ilgan Sh. Mni o‘ldirishi haqida topshiriq berib, evaziga unga 1 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni va’da qilayotganligini ma’lum qiladi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2019-yilning 13-fevral kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, buyurtmachi D. A uchun sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.M o‘ldirilganligi, qotillik jinoyati B. Y tomonidan sodir etilganligi sahnalashtirilib, dalil sifatida foto suratlar hamda sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli ayollar sumkasi beriladi. Shundan so‘ng buyurtmachi D.A ishni bitirganligi uchun B. Yga kelishilgan puldan 400 000 so‘mni berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Prokuraturasi tomonidan fuqaro D.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют