» » Rossiyalik xonanda Yuliya Nachalova 38 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Rossiyalik xonanda Yuliya Nachalova 38 yoshida hayotdan ko‘z yumdi


Rossiyalik xonanda va boshlovchi Yuliya Nachalova 16-mart kuni 38 yoshida vafot etdi. Bu haqda MK.ru” xabar bermoqda.

Xonandaning otasi prodyuser Viktor Nachalovga ko‘ra, qizining o‘limiga sepsis va yurak to‘xtashi sabab bo‘lgan.

Yuliya Nachalova 11-mart kuni og‘ir holatda kasalxona yotqizilgan, oradan ikki kun o‘tib sun’iy koma holatiga tushirilgandi. 16-mart kuni tongda xonandaning oyog‘i operatsiya qilingan, biroq Yuliya operatsiyadan omon chiqmagan.

Nachalovaning sobiq shifokori Vasiliy Shurovning aytishicha, xonandaning oyog‘idagi kichik yara va Yuliyaning og‘riqqa toqatli bo‘lgani, vrachlarga vaqtida murojaat qilmagani kasallik zo‘rayishiga olib kelgan.

Ma’lumot uchun, Yuliya Nachalova 1990-yillarda Rossiya estradasiga kirib kelgan va o‘limiga qadar 8 ta musiqiy albom chiqarishga ulgurgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют