» » La Liga. Serxio Ramos “Real” tarkibida 300-g‘alabasiga erishdi

La Liga. Serxio Ramos “Real” tarkibida 300-g‘alabasiga erishdi


16-mart, shanba kuni Ispaniya chempionatining 28-turida “Real Madrid” o‘z maydonida “Selta”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Bu Madrid klubi sardori Serxio Ramos uchun La Ligadagi 300-g‘alaba bo‘ldi. Ramos Ispaniya chempionatida mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha 8-o‘rinni band qilib turibdi, deb xabar beradi Pedro Martin o‘zning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Ramos “Sevilya” tarkibida 39 ta uchrashuvda 19 ta, “Real” bilan birgalikda esa 419 ta bellashuvda 281 ta g‘alabaga erishdi.

Quyida La Ligada 300 tadan ortiq g‘alaba qozongan futbolchilar ro‘yxati: Manuel Sanchis va Andres Inyesta (312), Xavi (322), Raul (327), Lionel Messi (332), Andoni Subisarreta (333) va Iker Kasilyas (334).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют