» » Nurshod Xudoyberdiyev Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Nurshod Xudoyberdiyev Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi


Xalq deputatlari Mingbuloq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Nurshod Xudoyberdiyev Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Nurshod Xudoyberdiyev 1983-yilda Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi agromuhandis.

U shu paytga qadar Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mingbuloq tumani hokimi Tohirjon Rapiqov Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 16:44)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют