» » O‘zbekistonda go‘sht va sut narxi barqarorligini ta’minlash choralari belgilandi

O‘zbekistonda go‘sht va sut narxi barqarorligini ta’minlash choralari belgilandi


Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan qo‘mita va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi.

Qo‘mita raisi Bosh vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori lavozimiga ko‘ra qo‘mita raisining o‘rinbosari hisoblanadi.

Qo‘mita raisi bosh davlat veterinariya inspektori, uning o‘rinbosarlari bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari, Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaxassislari davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘znaslchilik” va “O‘zzoovetta’minotxizmat” davlat korxonalari “O‘zbekchorvanasl” agentligi tarkibiga o‘tkazildi.

Qarorga muvofiq, chorva mollarini sug‘urtalash tartibi ishlab chiqiladi.

Samarqand veterinariya meditsina institutining Toshkent filiali tashkil etiladi.

Go‘sht va sut narxi barqarorligini ta’minlash maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan quyidagilar tashkil etiladi:

qoramollarni bo‘rdoqiga boqishga ixtisoslashgan korxonalar;

sut yo‘nalishidagi korxonalar.

Qaror bilan 2019—2021-yillarda chorva mollari soni, go‘sht va sut ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Mazkur ko‘rsatkichlarga muvofiq respublikada 2021-yilga kelib 13 ming 825 bosh chorva mollari, 3 million 646 ming 300 tonna go‘sht hamda 11 million 882 ming 500 tonna sut ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют