» » Superliga. OKMK “Qo‘qon-1912”ni “sochib tashladi”, Polvonovdan penta-trik

Superliga. OKMK “Qo‘qon-1912”ni “sochib tashladi”, Polvonovdan penta-trik


7-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida kunning dastlabki o‘yinida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK klubi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida olmaliqliklar a’zosi Zafar Polvonov Jasur Hasanov uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 32-daqiqada Dilshod Jo‘rayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan 6 daqiqa o‘tib Zafar Polvonov dublga erishdi (3:0). 46-daqiqaga kelib “Qo‘qon-1912” himoyachisi Murod Xolmuhamedov penatidan gol urib, hisobni qisqartirdi (3:1). 72-daqiqa esa farg‘onaliklar darvozasi tomon ham penalti belgilandi. Undan Dilshod Jo‘rayev unumli foydalanib, dubl qayd etdi. O‘yinning 75, 79 hamda 90-daqiqalarida Zafar Polvonov raqib darvozasini ishg‘ol qildi va penta-trikka erishdi (7:1).

Qayd etish joiz, bahsda Qo‘qon klubi a’zolari Iqbol Malikjonov (27) va Oybek Rustamov (71) hakam tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi.

Superliga

3-tur bahslari

7-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 10 Zafar Polvonov, 2:0 — 32 Dilshod Jo‘rayev, 3:0 — 38 Zafar Polvonov, 3:1 — 56, penalti, Murod Xolmuhamedov, 4:1 — 72, penalti, Dilshod Jo‘rayev, 5:1 — 75 Zafar Polvonov

OKMK: Akbar To‘rayev, Mirjamol Qosimov, Dilshod Jo‘rayev, Zafar Polvonov, Zohir Pirimov, Murodjon Toshmatov (Kamron Saidazimov, 46), Jasur Hasanov (San’at Shixov, 80), Miryolub Kostich (Sherzod Fayziyev, 76), Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Bobur Yo‘ldoshev

“Qo‘qon-1912”: Boyan Knejevich, Muhammadanas Hasanov (Avazxon Mamatxo‘jayev, 76), Quvondiq Ro‘ziyev, Javohir Esonqulov, Oybek Rustamov, Jasur Hasanov (Milosh Nikolich, 46), Iqboljon Malikjonov, Temur Usmonov (Shahboz Erkinov, 46), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhamedov

Ogohlantirishlar: Iqbol Malikjonov (20), Kamron Saidazimov (87)

Chetlatishlar: Iqbol Malikjonov (27), Oybek Rustamov (71)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют