» » Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zbekistonliklarga hamisha faol harakatda bo‘lishni tavsiya qilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zbekistonliklarga hamisha faol harakatda bo‘lishni tavsiya qilmoqda


Joriy yil 27-aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, Toshkentdagi “Mehrjon” hiyobonida 5 kilometr masofaga faol yurish va muassasalararo sport musobaqalari, jumladan, arqonda sakrash, shaxmat, shashka, voleybol, stol tennisi,badminton, to‘siqlardan o‘tish estafetasi o‘tkazildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har haftada tashkil etilayotgan ushbu ommaviy tadbirlarda qatnashuvchilarning soni oshib borayotgani, ularning jismoniy faollikka bo‘lgan qiziqishi har qachongidan ham kuchayayotgani e’tiborga molik. Bu ham bo‘lsa, kasallikka emas, uning profilaktikasiga asosiy e’tibor qaratilayotganining samarasidir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, tibbiyot muassasalari shifokorlari, hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 135) ( 0) ( 134) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют