» » “Barselona” o‘z tarixida 26-bor Ispaniya chempioniga aylandi

“Barselona” o‘z tarixida 26-bor Ispaniya chempioniga aylandi


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 35-turida “Barselona” “Levante”ni mag‘lub etib (1:0), muddatidan avval chempionga aylandi.

Mazkur o‘yindagi yagona golga hujumchi Lionel Messi mualliflik qildi (62).

“Barselona” o‘z tarixida 26-bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar bu borada faqatgina “Real Madrid”dan ortda bormoqda. Ma’lumot uchun, “Qirollik klubi” 33 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan.

Shu bilan birga “Barselona” XXI asrda (10) va so‘nggi 10 yilda (6) qo‘lga kiritilgan chempionliklar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Ta’kidlash joiz, Kataloniya klubi murabbiyligi 2017-yil Ernesto Valverde qo‘liga o‘tganidan buyon “ko‘k-anor ranglilar” ketma-ket ikki mavsum mazkur sovringa ega chiqdi.

Bundan tashqari “Barselona” oxirgi 11 mavsumda 8 marotaba Ispaniya chempioniga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют