» » APL. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Chelsi”ni yuta olmadi (video)

APL. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Chelsi”ni yuta olmadi (video)


28-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 36-turining markaziy uchrashuvida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford” stadionida Mauritsio Sarri boshliq “Chelsi” klubi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 11-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Xuan Mata Kepa Arrisabalaga darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib “aristokratlar” himoyachisi Markos Alonso hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa o‘yin durang natija bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Mazkur bahsdan so‘ng “mankunianlar” 64 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Chelsi” hisobida esa 67 ochko mavjud va jamoa 4-pog‘onada bormoqda.

36-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

36-tur bahslari

28-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 11 Mata, 1:1 — 43 Alonso

“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Bayi (Roxo, 71), Yang, Shou, Pogba, Matich, Mata (Maktominay, 81), Errera, Reshford (Sanches, 65), Lukaku

“Chelsi”: Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Ryudiger (Kristensen, 65), Aspilikueta, Kante, Kovachich (Loftus-Chik, 76), Azar, Jorjinyo, Villian (Pedro, 84), Iguain.

Ogohlantirishlar: Errera (43), Villian (52), Kovachich (53), Roxo (80), Yang (89)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют