» » Samarqandda ruda konidan tarkibida oltin bolgan toshlarni olib chiqish bilan shugullangan guruh qolga olindi

Samarqandda ruda konidan tarkibida oltin bolgan toshlarni olib chiqish bilan shugullangan guruh qolga olindi


IIV transportda xavfsizlikni taminlash bosh boshqarmasi va Samarqand viloyati IIB xodimlari Paxtachi tumani Qoraqoton ruda konida tezkor tadbir otkazdi. Bu haqda Daryoga Samarqand viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini taminlash bolimi matbuot xizmati malum qildi.

Joriy yil 21-apreldan 26-aprelga qadar Qoraqoton ruda konida otkazilgan tezkor tadbirlar davomida davlat shaxtalariga noqonuniy ravishda kirib, u yerdan tarkibida oltin moddasi va boshqa qimmatbaho metallar bolishi mumkin bolgan ruda toshlarni yashirin ravishda talon-toroj qilayotgan Burqut nomi bilan tanilgan jinoiy guruh azolari qolga olingan.

Xususan, Aska laqabi bilan tanilgan jinoiy guruh boshligi, 1988-yilda tugilgan fuqaro Asror Omonov ikki yildan buyon guruhning 4 nafar azosi bilan noqonuniy ravishda ruda konidan toshlarni olib chiqib ketayotganligi aniqlangan. Omonov Shokir ismli shaxsning yashash uyida qolbola usulda yasalgan ruda toshlarni bolaklash va maydalashga moljallangan tegirmondan foydalanib, ularning tarkibida bolgan oltin moddasini Oybek va Jasur ismli shaxslarga naqd pulga otkazib kelganligi aniqlagan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, mamuriy ishlar boyicha Paxtachi tuman sudining hukmiga kora 15 sutka mamuriy qamoq jazosi qollanildi.

Tadbir davomida Usta taxallusi bilan tanilgan, 1991-yilda tugilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi bolgan ruda toshlari savdosi) bilan sudlangan, Paxtachi tumani Jahonobod maxallasida yashovchi Feruz Davronovning yashash uyi kozdan kechirilganda tarkibida oltin moddasi va boshqa qimmatbaho metallar bolishi mumkin bolgan jami ogirligi 2 tonna bolgan ruda toshlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, Bekki taxallusli Bekzod Nazarovning uyidan 300 kilogramm, Laziz Bobonazarovning uyidan 800 kilogramm, Jamoliddin Mirzayevning uyidan 400 kilogramm bolgan ruda toshlari topilgan. Mazkur holat yuzasidan toplangan hujjatlar Paxtachi tumani IIB huzuridagi Tergov bolimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv jarayonida Otamurod Qodirovning yashash uyidan ruda toshlarni bolaklash va maydalashga moljallangan qolbola usulda yasalgan tegirmon va drobilka borligi aniqlangan.

Samarqand viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini taminlash bolimi xodimlari tomonidan tarkibida oltin moddasi va boshqa metallar bolishi mumkin bolgan ruda toshlarini ogirlagan, ruda tosh va ruda qumlar tarkibidan olingan oltin moddasini sotib oluvchi shaxslar boyicha qoshimcha ravishda tezkor surishtiruv harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-05-2019, 14:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -