» » Bollivudning 2018-yilgi eng go‘zal aktrisalari (foto)

Bollivudning 2018-yilgi eng go‘zal aktrisalari (foto)


Hindiston kinemotografiyasi yildan yilga mashhur bo‘lib bormoqda. Bollivudda har yili minglab film va seriallar suratga olinadi, muvaffaqiyat qozonganlari esa jahon e’tiboriga havola etiladi.

Hind aktrisalari esa shuhrat yo‘lida ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi. Quyida 2018-yilda Bollivudning eng go‘zal aktrisalari deb topilgan ayollar surati taqdim etiladi.

Alia Bxatt endigina 25 yoshga to‘lgan bo‘lishiga qaramay, butun mamlakatda mashhur. Alia Hindistondagi eng mashhur rejissyor Makesh Bxattning qizi.

Hozirga qadar 22 ta film va seriallarda suratga tushgan. Ularning orasida “Yil talabasi” va “Qadrli Zindagi” filmlari alohida ahamiyatga ega.

Asin Tottumkal bugungi kunda rejissorlarning sevimli aktrisasi hisoblanadi. U 2001-yildan beri yiliga bor yo‘g‘i 1 tadan filmda suratga tushar edi. Eng mashhur filmlari: “Egizaklar” va “Gajini”.

Asin turmush qurgan. Hozir 33 yoshda.

Priyanka Chopra Hindiston va jahoning haqiqiy yulduzi. Priyanka ko‘p hollarda nafaqat Hindistondagi, balki butun dunyodagi eng yaxshi aktrisa deb e’tirof etiladi.

U “Dunyo go‘zali 2000” unvoniga sazovor bo‘lgan.

Hozirga qadar nafaqat Bollivudda, balki Gollivudda ham 115 ta film va seriallarda suratga tushgan. Eng mashhur filmlari: “Kuantiko bazasi” va “Barfi!”.

O‘zidan 10 yosh kichik bo‘lgan amerikalik aktyor va qo‘shiqchi Nik Jonsga turmushga chiqqan. Priyanka Chopra

hozir 36 yoshda.

Anushka Sharma — hind kinosidagi yosh yulduzi, jahonga mashhur brendlarning modeli hisoblanadi.

Shu kunga qadar u 24 ta film va seriallarda suratga tushgan. Eng taniqli kartinalari: “Tangri yaratgan juftlik”, “Toki hayot ekanman”. Anushka Sharma turmushga chiqqan. 30 yoshda.

Bollivudning mashhur aktrisasi va professional raqqosasi Sonam Kapur Hindistonning mashhur aktyorlar sulolasidan (uning otasi “Harobadan chiqqan millioner” filmida boshlovchi rolini ijro etgan).

Eng yaxshi filmlari: “Fasllar”, “Sevgi qissalarini yomon ko‘raman”.

Sonamga, Gollivuddagi Jey Lo kabi, hindlar kiyinish uslubining ilohasi sifatida qaraydi. Oilali. 33 yosh.

Dipika Padukoni jahon brendi Maybelline’ning yuzi hisoblanadi. Omadi chopgan model va aktrisa.

Ekrandagi ilk rollaridan birini “Om Shanti Om” filmida ijro etgan. U aktrisaga katta muvaffaqiyat olib kelgan. Dipika “Eng yaxshi debyut” va “Eng yaxshi ayol roli” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

Eng mashhur filmlari: “Ehtiyot bo‘ling, go‘zallar” va “Ram va Lila”.

Oilali. 32 yosh.

Nafaqat Hindiston, balki dunyo go‘zallarining ro‘yxatini Ayshvariya Raysiz tasavvur qilish qiyin. 1994-yil “Dunyo go‘zali” unvonini olgan. Ko‘plab mashhur brendlarining yuzi hisoblanadi.

Ayshvariya nafaqat tashqi chiroyi bilan tanilgan, balki buyuk Amitabx Bachchannig o‘g‘li, mashhur hind aktyori Abxishek Bachchanga turmushga chiqqan.

Ayshvariya — hind kinemotografiyasining yuzi hisoblanadi. Hozirda u 45 yosh.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют