» » Superliga. Xurshid G‘iyosovning dubli “Bunyodkor”ga g‘alaba keltirdi

Superliga. Xurshid G‘iyosovning dubli “Bunyodkor”ga g‘alaba keltirdi


12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 8-turida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” klubini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida hakam tomonidan qo‘qonliklar darvozasi tomon penalti belgilandi va undan toshkentliklar yarim himoyachisi Xurshid G‘iyosov unumli foydalangan bo‘lsa, 64-daqiqaga kelib “Qo‘qon-1912” a’zosi Suhrob Berdiyev hisobni tenglashtirdi (1:1). 85-daqiqada esa Xurshid G‘iyosov 11 metrlik jarima zarbasidan yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga muhim 3 ochkoni keltirdi (2:1).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Bunyodkor” ochkolari sonini 13 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Qo‘qon-1912” esa 6 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Superliga

8-tur bahslari

12-may, yakshanba

Gollar: 1:0 — 13, penalti, Xurshid G‘iyosov, 1:1 — 64 Suhrob Berdiyev, 2:1 — 85, penalti, Xurshid G‘iyosov

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov (Suhrob Izzatov, 82), Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov (Ulug‘bek Abdullayev, 62), Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Vladislav Nuriyev, 70), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov

“Qo‘qon-1912”: Boyan Knejevich, Jamshid Hasanov (Behruz Sadilloyev, 53), Muhammadanas Hasanov (Javohir Esonqulov, 43), Quvondiq Ro‘ziyev, Oybek Rustamov, Suhrob Berdiyev, Iqbol Malikjonov (Jasur Hasanov, 86), Shahboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov

Ogohlantirishlar: Abdumavlon Abdujalilov (31), Muhammadanas Hasanov (41), Islom Qobilov (74), Nurillo To‘xtasinov (76), Jasur Hasanov (87), Xurshid G‘iyosov (90+2), Suhrob Izzatov (90+6)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 151) ( 0) ( 149) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют