» » Turkiyada 53 kishining umriga zomin bo‘lgan terakt tashkilotchisi 53 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada 53 kishining umriga zomin bo‘lgan terakt tashkilotchisi 53 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi


Turkiyaning Xatay viloyatidagi Rayhonli shahrida sodir etilgan terakt tashkilotchilaridan biri Yusuf Nazik 53 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Turkiya milliy razvedka tashkiloti (M?T) xodimlari 2018-yil sentabr oyida Nazikni Suriyada qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirdi. So‘roq chog‘ida u Suriya maxsus xizmatlari bilan yaqindan hamrohlik qilgani va terakt ijrochilari harakatlarini i tan olgan.

Rayhonli shahridagi mahalliy pochta bo‘linmasi binosida 2013-yil 11-may kuni ro‘y bergan portlash 53 kishining umriga zomin bo‘lgandi.

Terakt sodir etishda ayblangan 33 kishidan 9 nafari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, 13 kishi 10 yildan 15 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.

8 kishi, jumladan, Yusuf Nazik xalqaro qidiruvga berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют