» » Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shaklidan 7 ta band chiqarib tashlandi

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shaklidan 7 ta band chiqarib tashlandi


2-may kuni Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 16 yoshdan kattalar va 16 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar uchun xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun yangi anketa shakllari ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deya xabar berdi “Huquqiy axborot”.

Amaldagi ariza-anketaning shakli 16 ta bandni o‘z ichiga olgan 4 varaqdan iborat bo‘lib, unda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning aksariyati tegishli idoralarning ma’lumotlar bazalari orqali idoralararo ma’lumot almashish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.

Yangi anketa shakli 1 varaqda va unda ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar 11 ta banddan (16 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar uchun 9 ta banddan) iborat bo‘lib, tegishli kataklarni to‘ldirish orqali shakllantiriladigan tarzda tayyorlandi.

Oldingi ariza-anketa shaklidan quyidagilar chiqarib tashlandi:

Ma’lumotlarni yig‘ish punktining mas’ul xodimi tomonidan anketada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют