» » Qudratillo Abduqahhorov WBO yangilangan reytingida o‘z o‘rnini saqlab qoldi

Qudratillo Abduqahhorov WBO yangilangan reytingida o‘z o‘rnini saqlab qoldi


Butunjahon boks tashkiloti (WBO) may oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi, deb xabar berdi GoSport.

Mazkur reytingda o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (16 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) o‘z mavqeini saqlab qolgan.

Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Abduqahhorov WBOning yangi reytingida aprelda bo‘lgani kabi 9-o‘rindan joy oldi.

Yangi reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar qayd etilmagan.

Ma’lumot uchun, Qudratillo WBC reytingida 4, IBF reytingida esa 1-o‘rinda bormoqda. So‘nggi marta Qudratillo yaponiyalik Keita Obarani (20 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 18 ta nokaut) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, IBF chempionlik kamariga birinchi raqamli da’vogarga aylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют