» » Buxoroda xonadonda qimorxona tashkil qilgan shaxslarga sud qarori o‘qildi

Buxoroda xonadonda qimorxona tashkil qilgan shaxslarga sud qarori o‘qildi


Olot tuman ma’muriy sudida o‘z yashash uyida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil qilingan bir guruh ishsiz shaxslarga sud qarori chiqarildi. Bu haqda “Daryo”ga tuman sudi raisi O.Rajabov xabar qildi.

2019-yil 9-fevral kuni soat 16:00 larda Olot tumani, Soinqorovul MFYda S.Qodirov (1989-yil tug‘ilgan) yashash uyida 4 nafar fuqaro — A.Karimov (1988-yil tug‘ilgan), B.Aliyev (1989-yil tug‘ilgan), J.To‘rayev (1988-yil tug‘ilgan) va U.Usmonov (2001-yil tug‘ilgan) bilan birgalikda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil qilgan. Aniqlanishicha ular shu davrga qadar hech qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lmagan.

Sudda fuqarolar o‘z ko‘rsatmasida aybiga iqrorlik bildirib qonunga xilof ravishda qimor o‘ynaganliklarini tan olgan.

Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida o‘yinda ishlatilgan jami 381.000 so‘m pullar va o‘yin kartasini vaqtincha saqlash maqsadidan olib qo‘yganliklarini, aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymondaligini, oilaviy sharoitini inobatga olib, qonuniy yengillik berishni so‘ragan.

Fuqarolar S.Qodirov, A.Karimov, B.Aliyev, J.To‘rayev va U.Usmonovning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 191-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 245, 309, 310-311-moddalariga amal qilib, sud qaror qildi.

S.Qodirov, A.Karimov, B.Aliyev, J.To‘rayev O‘zbekiston Respublikasi MJtK 191-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga eng kam ish haqining 4 (to‘rt) baravari miqdorida 810.920 so‘m jarima, U.Usmonovga esa eng kam ish haqining 3 (uch) baravari miqdorida 609.190 so‘m jarima solindi.

Ashyoviy dalil 381.000 (uch yuz sakson bir) so‘m pul davlat egaligiga musodara qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют