» » Bugun Dmitriy Medvedev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Toshkentga keladi

Bugun Dmitriy Medvedev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Toshkentga keladi


29—30-may kunlari Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.

Tashrif doirasida Urganch shahrida hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Rossiya Qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unga 2018-yil oktabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokalar davomida asos solingan.

Ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 24-aprelda bo‘lib o‘tgan yigirmanchi yig‘ilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.

Rossiya delegatsiya rahbari Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют