» » 8 yildan buyon har mavsumda kamida 40 ta gol urish La liga futbolchilari orasidan faqatgina Messiga nasib qilgan

8 yildan buyon har mavsumda kamida 40 ta gol urish La liga futbolchilari orasidan faqatgina Messiga nasib qilgan


Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi so‘nggi 8 yil davomida har mavsum eng kamida 40 ta gol urib keladi. La ligada to‘p surayotgan yulduzlarning birortasi bunday ko‘rsatkichga ega emas.

Lionel Messi La Liganing so‘nggi turida “Valensiya” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi va joriy mavsumdagi gollari sonini 40 taga yetkazib oldi. Bunda uning barcha musobaqalarda urgan gollari inobatga olingan.

Argentinalik futbolchi to‘p suradigan “Barselona” o‘zi kurash olib borayotgan har uch frontda ham zafar quchish imkoniyatiga ega: Chempionlar ligasi, La liga va Ispaniya kubogi. Madridning “Real” klubi esa Ispaniya kubogida zafar quchish imkoniyatini yo‘qqa chiqarib bo‘lgan.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют