» » Xorazmdagi bog‘chada xodimlarga 5-6 yillab maoshlari vaqtida to‘liq berilmagani aniqlandi

Xorazmdagi bog‘chada xodimlarga 5-6 yillab maoshlari vaqtida to‘liq berilmagani aniqlandi


Milliy matbuot markazida Maktabgacha ta’lim vazirligi ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mazkur xizmat respublika va hududiy byudjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishi holatlari profilaktikasini olib boradi. Bugungi kunda ayrim hududlarda joylashgan MTMlar faoliyatiga oid salbiy holatlar hamon uchramoqda.

Maktabgacha ta’lim tizimi uzoq yillar davomida yetarli darajada nazoratda bo‘lmagani tufayli qonunbuzarliklar ko‘p sodir etilgan. Xodimlarga ish haqlarini bermasdan noqonuniy o‘zlashtirish, soxta ish haqi va mukofot pullarini yozib, naqd pullarni asossiz hisobdan chiqarish ham kuzatilgan.

—Ayrim joylarda xodimlarga o‘z ish haqini to‘liq bermasdan qisman berish holatlari ham aniqlandi, — deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi audit xizmati boshlig‘i D.Normatov. — Xususan, Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 14-sonli MTMda ishlagan xodimlarga 5-6 yillab o‘zlariga tegishli bo‘lgan oylik ish haqi vaqtida to‘liq berilmagan. Ishga qabul qilinganlar 4 oylab tekinga ishlagan, bundan tashqari, muassasa xodimlari fermer xo‘jaliklarida majburiy mehnatga jalb qilib kelingan. Bu muassasani mudiraning qaynonasi boshqarib kelgan bo‘lib, u esa haqiqatda 2010-yildan shu MTMga tarbiyachi lavozimiga rasmiylashtirilgan. Qaynonaning aslida mudira emas, balki tarbiyachi bo‘lib ishlayotganini ayrim xodimlar bilmagan ham.

Ushbu muassasada o‘tkazilgan dastlabki o‘rganish va yakuniy taftish ishlari natijasida jami 197,5 million so‘m miqdorda davlat budjeti mablag‘i o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilingani fosh etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют