» » Qisqa fursatda aholi tadbirkorligi uchun qariyb 242 milliard so‘m kredit ajratildi

Qisqa fursatda aholi tadbirkorligi uchun qariyb 242 milliard so‘m kredit ajratildi


“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki “2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalarni yil boshida qat’iy belgilab olgan edi. Unga ko‘ra 2017-yilda mamlakatda xususiy tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, aholining bankka nisbatan ishonchini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangandi.

Ushbu dastur asosida “Oddiy aholini tadbirkor qilish” shiori ostida aholini sohaga yanada kengroq jalb qilish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tashkiliy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida bank tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, “Agrobank” ATB tomonidan aholini tadbirkorlik turlariga keng jalb qilish, ayniqsa, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanishini tashkil etish maqsadida o‘tgan fursatda respublikaning barcha hududlaridagi 1 million 300 mingdan ziyod xonadon qamrab olindi.

Buning uchun aholi bilan muloqotlarni sifatli tashkil etishga qaratilgan maxsus jadval ishlab chiqilgan bo‘lib, shu asosda qishloq hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda joylarda uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Erkin muloqot tarzida tashkil etilgan bunday uchrashuvlarda bugun tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida mamlakatda boshlangan yangi bosqichdagi islohotlarning mazmun-mohiyati, tadbirkorlikdan keladigan davlat hamda xalq manfaatlari xususida batafsil tushuncha va ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, har bir xonadonga bank tomonidan maktublar yo‘llandi. Unda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hamda aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini aniqlashga qaratilgan maxsus so‘rovnomalar ham yuborildi.

Bank xodimlari har bir xonadonga kirib, ularning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha imkoniyat va sharoitlarini o‘rgandi, maxsus so‘rovlar ham o‘tkazdi. Bundan tashqari, aholining sohaga qiziqishini orttirish hamda bu jarayonlardan xabardorligini yanada oshirish maqsadida maxsus buklet shaklidagi namunaviy biznes loyihalar tarqatildi. Bankning imtiyozli kreditlash tartibotlari, bu boradagi boshqa yo‘l-yo‘riq va me’yoriy hujjatlardan iborat tadbirkorlik burchaklari loyihalari joylarga yetkazildi. Shu asosda fuqarolar yig‘inlari va bank binolarida maxsus tadbirkorlik burchaklari tashkil etildi.

Bu jarayonlarda tuman, qolaversa, fuqarolar yig‘inlari joylashgan hududning imkoniyatlariga ham e’tibor qaratilmoqda. Bu esa namunaviy shakllar asosida biznes loyihalarni taklif etish, aholining ishbilarmonlik faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik turlariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda albatta, hududning xom ashyosi va mehnat resurslari, mahalliy an’analariga e’tibor qaratilayotgani ham ijobiy samaradorlikka sabab bo‘lmoqda.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan va kreditga talabi bor oila vakillarining biznes loyihalari bank filiallari tomonidan qisqa muddatlarda o‘rganilib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda yaqindan ko‘mak berilmoqda. Tizimli tartib asosida kredit ajratish jarayonini har bir kreditlash tarmoq boshqarmalari tomonidan muntazam kunlik monitoring qilib borilmoqda.

Bunday sa’y-harakatlarning samarasi o‘laroq o‘tgan qisqa fursat davomida aholi punktlari va mavzelarida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida aholining asosiy qismi tadbirkorlikning u yoki bu turi, ayniqsa, bog‘dorchilik, chorvachilik, ixcham issiqxona, parrandachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish, servis va boshqa sohalar bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Shu asosda kreditlash muntazam davom etmoqda.

Shu kunga qadar bank tomonidan qariyb 37 ming nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqaroga jami 242 milliardga yaqin kreditlar ajratildi.

“Bugun har bir kishidan biroz hafsala va haarakatchanlik bo‘lsa bas. Barcha sharoit va imkoniyatlar asosida o‘z biznesini boshlash imkoniyati mavjud. Men ham bugun yurtimizda boshlangan yangi islohotlardan ilhomlanib, biznes boshlashga qaror qildim. O‘ylab ko‘rsam bekor yotgan qo‘shimcha tomorqamda bog‘dorchilikni rivojlantirish imkoniyatim mavjud ekan. Bog‘ bo‘lganda ham bozorda xaridorgir mevaning ko‘chatlarini ekishni niyat qildim. Bunday kuzatsam, hududimizda bodom deyarli yetishtirilmas ekan. Shuning uchun ushbu mevani ko‘paytirishga qaror qildim. Biroq ko‘chat xarid qilishga mablag‘im yetmasdi. 400 tup bodom ko‘chati sotib olish uchun Agrobankka murojaat qildim. Bank mutasaddilari qisqa fursatda murojaatimni o‘rganib, menga 7 million so‘m kredit ajratishdi. Yer amal olgach ko‘chatlarni olib kelib ekamiz”, — deydi Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanilik Jahongir Inomov.

Samarqand viloyati Jomboy tumanida yaqinda ish boshlagan “Sarchashma ishonch” oilaviy korxonasi ham bugungi islohotlar samarasidir. Ushbu oilaviy korxonaga bank tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida 100 million so‘m kredit ajratildi. Natijada beshta ish o‘rni yaratildi.

Sirdaryolik Nargiza Abduqahhorova bankning Shirin filialidan 7,4 million so‘m kredit olib, milliy shirinlik mahsulotlari tayyorlash va sotishni yo‘lga qo‘ydi.

“Bank xodimlari uyimizga kelib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni taklif qilishganida, avvaliga unchalik ham xohlamadim. Agrobank mutaxassislari hovlimizdagi sharoit bilan tanishgach, bu yerda ixcham issiqxona tashkil etish mumkinligini va buning ortidan olinadigan daromad haqida ham erinmay tushuntirishdi. Shundan keyin hovlimizda ixcham issiqxona tashkil etishga qaror qildik. Shu maqsadda Agrobankning Pop filialidan 2,9 million so‘m kredit oldik. Kunlar iliy boshlagach ishlarni boshlab yubordik. Issiqxonaga limon ekmoqchimiz. Bunga qo‘shimcha kamida 50 ta tovuq boqishni rejalaganmiz. Buning sababi bor, albatta. Qish kunlari tovuqlar ana shu issiqxonada saqlansa, parrandalar tanasidan chiqayotgan issiqlik bu yerdagi iliq haroratni bir me’yorda ushlab turar ekan. Issiqxonani isitish uchun ortiqcha xarajatga hojat qolmas ekan. Bu haqda ham bank mutaxassislari tushuntirib berishdi”, — deydi namanganlik Yulduzoy Bo‘tayeva.

Bankdan kredit olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan bu kabi fuqarolar safi kun sayin kengayib bormoqda. Eng muhimi xalqimizda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish va bu sohaning kelajagiga bo‘lgan ishonch ortmoqda.

Xulosa qilib aytganda Agrobank o‘z oldiga qo‘ygan rejalarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Maqsad esa bitta, u ham bo‘lsa, xalqimiz hayotini yanada yaxshilash, buning uchun esa ularni qo‘shimcha daromad manbalaridan foydalanishga o‘rgatish va shu orqali yurt farovonligini ta’minlashdir.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (29-03-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют